Ana xolos! "Yuventus"dan navbat "Everton"ga keldi. Klubdan APLda 12 ochko olib tashlanishi mumkin

  • 25 oktabr, 2023, 21:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Everton" jamoasi APLda qiyin muammo ostonasida bo‘lib turibdi. Gap shundaki, premer-liga klubni 12 ochkodan mahrum etishi mumkin. 

"MirrorFootball" nashrining xabar berishicha, bunga sabab liverpulliklarning moliyaviy feyr-pley qoidalarini qo‘pol tarzda buzganidir. Hozircha bu haqda rasmiy xabar chiqmadi. 

Bundan oldin xuddi shu kabi holat Italiyada Turinning "Yuventus"i bilan sodir bo‘lgandi. O‘shanda "zebralar"dan ham 10 ochko olib tashlangandi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Everton" ayni payt APL turnir jadvalida 7 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Klub 9-turdan so‘ng 16-pog‘onani band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!