
Anchelotti: Amerikada futbol gazetaning birinchi sahifalariga kirishi qiyin
Karlo Anchelotti AQShda futbol rivoji haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Messi, Buskets, Albaning borligi Qo‘shma shtatlardagi futbolni kuchaytiradi. Ular o‘z jamoasi o‘yiniga sifat bera oladigan ajoyib futbolchilar.
Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlardagi futbol boshqa sport turlari bilan raqobatlashadi, ammo gazetaning birinchi sahifalariga kirish baribir qiyin. U erda Amerika futboli, basketbol va beysbol muhim rol o‘ynaydi", - dedi "Real" bosh murabbiyi.
Fikrlar