Anchelotti: "Barselona" o‘z uslubiga ega jamoa, buni hurmat qilaman. Ammo bitta uslub bilan futbol o‘ynashni to‘g‘ri yo‘l, deb hisoblamayman"

  • 16 oktabr, 2022, 11:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 9-turi doirasida "Real" va "Barselona" jamoalari bugun Madridda o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv 19:15 da start oladi.

Tecno

Mazkur bahs oldidan mezbonlar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matubot anjumanida ishtirok etdi va o‘yin oldi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz bahsning ahamiyatini yaxshi his qilib turibmiz. Bu erdagi asabiylik va bosim bo‘lishi odatiy hol. Yigitlar oldimizdagi raqibni juda yaxshi bilishadi.

O‘tgan yilgi yirik mag‘lubiyatimiz (0:4) bugungi bellashuvga ta’sir o‘tkazadi, deb o‘ylamayman. Yangi mavsum boshlandi. Eskisini unutish lozim!

"Barselona"ning EChLdagi muvaffaqiyatsizligi haqida.

"Raqibimiz La Ligada juda ajoyib harakat qilmoqda. Bitta durangni hisobga olmasak, ular barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondi. Ular faqat EChLda muammolarga duch kelmoqda. Ushbu musobaqada esa muammolar bo‘lishi tabiiy. 

O‘ylashimcha, biz "Inter"dan farqli futbol namoyish etamiz. "Neradzurrilar" - qo‘rqmas va oxirigacha kurashadigan klub. "Barsa"ning milanliklar bilan o‘yini bugunga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi. EChLdagi to‘qnashuvdan o‘zgacha uchrashuv bo‘lishi aniq".

jeko

"Real" va "Barselona"ning o‘yin uslubi haqida.

"Barselona" o‘z uslubiga ega jamoa. Buni hurmat qilaman. Boshqa klublarda o‘zgacha usul bo‘lishi mumkin. Ammo kataloniyaliklar mazkur uslubi bilan ular muvaffaqiyatga erishib kelmoqda. 

Men bitta uslub bilan futbol o‘ynashni to‘g‘ri yo‘l, deb hisoblamayman. Sababi, futbolchilar doim o‘zgarib turadi. Men shogirdlarimga o‘zi istagan o‘yinini namoyish etishi uchun sharoit yaratib berishim kerak. Murabbiyning asosiy vazifasi shundan iborat.

To‘g‘ri, o‘tgan yili nimalarnidir yaratishga urinib ko‘rdim va katta yo‘qotishlarga duch keldik. Futbol ixtirolardan iborat emas. O‘yin ancha oldin yaratilganini unutmasligimiz kerak, deb o‘ylayman".

Kurtua va Ryudigerning jarohati haqida. 

"Kurtua mashg‘ulotlarga qaytgan. Ammo u yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga ulgurmadi. Asosiysi, Tibo safga qaytdi. Shunchaki, u avvalgi darajasiga qaytib olishi uchun mashg‘ulotlarda ko‘proq ishlashi lozim. 

Ryudiger ham yaxshi holatda. Uning yarasini faqat niqob orqali to‘sib turishibdi. Ammo men Antonioning haqiqiy "jangchi" ekaniga shubham yo‘q. U bu jarayonni ham engib o‘ta oladi".

rudi

Ustun tomonlar haqida.

"Ikki jamoaning o‘ziga yarasha ustun jihatlari mavjud. Masalan, raqib birinchi taymlarni yaxshi boshlaydi. Biz esa ikkinchi bo‘limlarni ajoyib yakunlaymiz (kuladi). Bugun nima bo‘lishini oldindan ayta olmayman. Biroq ularning kuchli tomonlari haqida etarlicha ma’lumotga egamiz".

Rodrigoning ahamiyati haqida.

"Rodrigo borasida o‘ylashni boshlasam, birinchi bo‘lib uning yorqin kelajagi ko‘z oldimga keladi. U joriy mavsum ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Tan olish kerak, futbolchi ancha o‘sishga erishdi. U hozir oldingi chiziqning har nuqtasida harakat qila oladi. Rodrigoning asosiy ustunliga ham shunda".

benzi

Benzemaning safga qaytgani haqida.

"Karim yaxshilanib bormoqda. Biz bugun har doimgidek Benzemani ko‘ramiz, ya’ni, xavfli va aqlli hujum chizig‘i vakilini", - dedi italiyalik mutaxassis.

 

Shohrux Zoirov tarjimasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!