Anchelotti Braziliya terma jamoasiga Neymarning qaytishi haqida ma'lum qildi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yetakchisi Neymar jahon chempionati-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Shotlandiyaga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilishini tasdiqladi.
Gaiti ustidan 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabadan so‘ng italyalik mutaxassis hujumchining holati haqida ma’lumot berdi.
"Ertaga Neymar yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazadi. Yakshanba kuni esa umumiy guruh bilan shug‘ullanishga qaytadi va shundan so‘ng Shotlandiyaga qarshi o‘yin uchun ro‘yxatga kiritiladi", — dedi Anchelotti.
Neymar sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar tufayli joriy jahon chempionatida hali birorta o‘yinda maydonga tushmagan edi. Endi esa u musobaqadagi ilk o‘yiniga yaqin turibdi.

Fikrlar