Anchelotti Braziliyaning mundialdagi mag‘lubiyatiga asosiy sabab nima bo‘lganini aytdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jahon chempionatidagi omadsiz ishtirok yuzasidan fikr bildirdi.
«Pentakampionlar» musobaqani 1/8 final bosqichida tark etdi. Braziliya termasi ushbu bosqichda Norvegiya jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Anchelottining ta’kidlashicha, o‘yin taqdiriga ta’sir qilgan asosiy burilish nuqtasi suv ichish uchun berilgan tanaffus bo‘lgan.
- Menimcha, hal qiluvchi palla ana shu suv ichish uchun to‘xtash bo‘ldi, chunki unga qadar biz o‘yinni to‘liq nazorat qilib turardik. Shuni ham tan olish kerakki, norvegiyaliklar o‘z yarim maydonlarida to‘pni ko‘p ushlab turishdi. Ular Angliyaga qarshi o‘yinda ham xuddi shunday uslubda harakat qilishgandi va o‘shanda ham g‘alaba qozonishlari mumkin edi.
Ehtimol, xatom shu yerda bo‘lgandir: men nazoratni yo‘qotdik, deb o‘yladim, aslida esa bunday emas edi. Bir nechta taktik o‘zgarishlar kiritdim va shundan so‘ng bizga Xolland gol urdi, – deya Anchelotti so‘zlarini ESPN keltiradi.
Norvegiya terma jamoasi chorak finalda Angliyaga qo‘shimcha daqiqalarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Musobaqa g‘olibligi esa Ispaniyaga nasib etdi – finalda ular Argentina ustidan 1:0 hisobida zafar qozondi.

Fikrlar