Anchelotti Del Boskeni ortda qoldirdi
Karlo Anchelotti "Real" bilan EChL o‘yinlarida g‘alaba qozonish borasida Visente Del Boskeni ortda qoldirdi.
Chempionlar ligasi chorak final bahsida "Real" "Chelsi"ni 2:0 hisobida taslim etdi va Anchelottining "Real" murabbiyi sifatida EChLdagi g‘alabalari soni 35 taga etdi.
Uning qo‘l ostida "qaymoqranglilar" jami 47 o‘yin o‘tkazgan.
Italiyalik mutaxassis Madrid grandi bilan 2 marotaba Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar