Anchelotti Joao Pedroni nima sababdan jahon chempionatining qaydnomasiga kiritmaganiga izoh berdi
"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro Braziliya terma jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxatidan joy olmadi.
Karlo Anchelotti nima sababdan bunday qilganiga izoh berdi:
“Yakuniy tarkibga kira olmagan futbolchilarga juda achinaman. Men bundan juda afsusdaman. Bu meni xafa qiladi. Andrey Santos, Joao Pedro va boshqalar. Ularda kelajakda imkoniyatlar bo‘ladi.
Gapimga ishoning, Joao Pedroga achinaman. Bunday mavsumdan so‘ng u, ehtimol, jahon chempionatiga borishga loyiq bo‘lgan futbolchilardan biri edi. Biroq, hurmat bilan va yuqori raqobatni hisobga olgan holda, biz bu o‘ringa boshqa o‘yinchilarni tanladik. Lekin men Joao Pedroga ishonaman," - dedi Anchelotti jurnalistlarga bergan intervyusida.
Azizjon Abduvaliev

Fikrlar