Anchelotti La Ligadagi chempionlik poygasiga baho berdi

  • 02.01.2025 18:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Valensiya”ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis Ispaniya La Ligasidagi raqiblari “Barselona” va “Atletiko Madrid” bilan bo‘layotgan kurash haqidagi savolga javob berdi. 
 
“Biz uchun “Atletiko” ham “Barsa” ham chempionlik kurashidagi ikkita bir xil raqib hisoblanadi. Noyabr oyida jamoam bilan birga bir nechta muammolarga duch kelgan edik. Yilning so‘nggida esa kataloniyaliklar bilan ham shunday voqea ro‘y berdi. Shu bois, hozirda uch klub ham chempionlik uchun teng imkoniyatlarga ega va eng asosiy favorit ham hisoblanishadi” – deya, ta’rif berib o‘tdi italiyalik bosh murabbiy. 
 
Xabaringiz bor, “matraschilar” 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 41 ochkoga ega bo‘ldi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Qaymoqranglilar” esa 18 ta to‘qnashuvdan so‘ng 40 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni band qilayotgan bo‘lsa, Flik boshchiligidagi “ko‘k-anorranglilar” 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 38 ochko to‘plagan holda 3-pog‘onani egalladi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya La Ligasining 12-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” va “Valensiya” to‘qnashuvi ma’lum sabablarga ko‘ra, qoldirilgan edi. Mazkur bahs 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!