Anchelotti olib kelmoqchi bo‘lgan futbolchiga Arteta ham da’vogar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Manuel Lokatelli Londonning "Arsenal" jamoasining asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi. "Calciomercato" nashri xabariga ko‘ra, "kanonirlar" joriy mavsum yakunida 25 yoshli italiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

London klubi ustozi Mikel Artetaning shaxsan o‘zi 25 yoshli italiyalik yarim himoyachi sotib olinishini rahbariyatdan talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, nufuzli "Transfermarkt" portali Lokatellini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!