Anchelotti "Siti"ga qarshi javob o‘yini oldidan nimalar dedi?
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Siti"ga qarshi javob bahsi haqida fikr bildirdi. Uchrashuv ertaga tunda "Santyago Bernabeu"da start oladi.
Dastlabki bellashuvda "shaharliklar" 4:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.
"Ertaga biz ajoyib jamoalar va futbolchilar ishtirokidagi katta o‘yinni ko‘ramiz.
Birinchi to‘qnashuvni yaxshi o‘tkazdik va to‘g‘ri yondashuvdan foydalana oldik, ammo ertaga bizga ko‘proq sifatlar kerak bo‘ladi. Raqibga bosim o‘tkazamiz, lekin shu bilan birga o‘z darvozamizga ham e’tiborli bo‘lishimiz lozim", - dedi Anchelotti.

Fikrlar