
Anderson Silva: Dana Uayt, UFC muxlislari uchun yangi shou yaratish vaqti keldi!
UFC sobiq chempioni Anderson Silva promoushen prezidenti Dana Uaytga keyingi raqibi Konor MakGregor bo‘lishini xohlayotganini aytib o‘tdi.
- Bunday qarama-qarshilig hammaga qiziq bo‘lishiga aminman. Bunday jangni tashkillashtirish borasida Dana Uayt harakat qilishi darkor. Men tayyorman, ishonchim komilki Konor ham oktagonga ko‘tarilishga tayyor.
Boss, UFC muxlislari uchun yangi shou yaratish vaqti keldi, olg‘a! Konor MakGregor - Anderson Silva - super qarama-qarshilig, - deya Silvaning so‘zdlaridan iqtibos keltiradi TMZ nashri.
Ma’lumot uchun, Anderson joriy yilning 12 may kuni Braziliyada tashkillashtirilayotgan UFC 237 turniri doirasida Jared Kannonerga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar