«Andijon» - «Turon». Prevyu

  • 30.07.2021 21:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ertaga Namangan shahrida vodiy derbisi bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda Superliganing ikki autsayderi - "Andijon" va "Turon" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Jamoalar shu kungacha rasmiy o‘yinlarda faqatgina bir marta to‘qnash kelishgan. Ushbu bahsda yaypanliklarning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati - 0:1, "Turon" foydasiga.

Shuningdek, jamoalar o‘zaro ikki nazorat uchrashuvi ham o‘tkazgan bo‘lib, birida «Turon» jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, birida «Andijon»ning qo‘li baland kelgan - 2:0. Nazorat uchrashuvlaridagi to‘plar nisbati 4:3 "Andijon" foydasiga.

“Andijon” futbol klubi mazkur uchrashuvni nominal mezbon sifatida Namangandagi “Markaziy” stadionda o‘tkazadi. Uchrashuv 31 iyul — shanba kuni 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!