"Andijon" 4 nafar futbolchisini ijaraga berdi

  • 31.07.2022 01:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Jamoamizning yosh va iqtidorli futbolchilari – Mirjalol Mirzaev, Ilhom Abdug‘aniev, Islom Mamatkazin hamda Saidumar Sodiqovda o‘yin amaliyotini shakllantirish maqsadida ularni boshqa klublarga ijaraga berishga qaror qilindi.

Shu maqsadda futbolchilarimiz birinchi liga jamoalariga ko‘chib o‘tdilar. Mirzaev bilan Mamatkazin “Shahrixonchi”, Sodiqov hamda Abdug‘aniev esa “Andijon-II”da mavsum oxiriga qadar ijara asosida to‘p surishadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!