
"Andijon" o‘zgarishlarni boshlab yubordi. Ertaga jamoada yig‘ilish
"Andijon" klubi rahbariyatida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, klub sport direktori Islombek Rustamov, jamoa boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Ma’rufjon To‘raqulov va tashqi ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Ikromjon Muhitdinov o‘z lavozimidan ozod etildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 3 yanvar kuni "Sog‘lom Avlod" o‘yingohida "Andijon" futbol klubi rahbariyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Unda jamoa kelajagi, oldinga qo‘yilgan maqsadlar va rejalar haqida so‘z boradi. Anjuman ertaga soat 10:00da boshlanadi.
Fikrlar