"Andijon" qishki yig‘inning dastlabki bosqichini Tojikistonda o‘tkazadi

  • 02.01.2025 15:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi - “Andijon” yangi mavsum uchun tayyorgarligini 3 yanvardan boshlaydi. Shu kuni futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.

“Burgutlar” 5 yanvarda Tojikistonga jo‘nab ketadi. Jamoa a’zolari u erda 17 yanvarga qadar qishki tayyorgarlikning birinchi bosqichini o‘tkazadi.

Aytish mumkinki, Tojikistondagi yig‘in mobaynida bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qishki tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi esa Turkiyaning Antaliya shahrida olib boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!