
"Andijon" "Surxon"ga qarshi o‘yinga Toshkentda tayyorlanmoqda. Jamoa etakchisi safga qaytdi
Chempionatni muhim g‘alaba bilan boshlagan “Andijon” navbatdagi tur uchun tayyorgarligini boshladi.
Ma’lumki, 11 mart kuni andijonliklar “Paxtakor” stadionida Termizning “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 17:00 ga belgilangan.
Mazkur o‘yinga ham jiddiy tayyorgarlikka kirishgan jamoa a’zolari dastlabki mashg‘ulotini “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o‘tkazdi.
Jarohat sababli dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuborgan tajribali hujumchi Shahboz Erkinov yana asosiy tarkib bilan shug‘ullanishni boshladi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar