"Andijon" Tojikistonda yig‘in boshladi

  • 14.07.2025 22:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

12 iyuldan o‘z qarorgohida to‘planib ikki kun shug‘ullangan “Andijon” bugundan asosiy bosqich mashg‘ulotlariga kirishdi.

Mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jamoa oldindan rejalashtirilganidek, doimiy yig‘in o‘tkazib kelayotgan maskan - Tojikistonning Guliston shahrida joylashgan “Milliy bank”ga qarashli sog‘lomlashtirish sport komleksida bugundan yozgi yig‘inini boshladi.

Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, Maksim Shatskix boshchiligidagi “Burgutlar” bu erda 26 iyulga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boradi.  

Mazkur tayyorgarlik davomida Tojikistonning ikkita klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!