Andijonda taekvondo bo‘yicha respublika ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi

  • 27 iyul, 2019, 13:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Kecha Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Bolalar-o‘smirlar sport maktabida Taekvondo bo‘yicha respublika ochiq chempionati o‘tkazildi.

Tecno

Musobaqada mamlakatimizning turli xududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida Xo‘jaobod tumani 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, 2-o‘rin Toshkent viloyati, 3-o‘rin esa Qorasuv tumani taekvondochilari egallashdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Xo‘jaobod tuman hokimligi hamda Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!