"Andijon"ga qarshi o‘yin oldidan "Lokomotiv" tarkibida yo‘qotishlar bor
“Lokomotiv” klubi 17 oktyabr kuni o‘z maydonida Superliganing 22-turida “Andijon”ni qabul qiladi. Mikael Sekeyra boshchiligidagi temiryo‘lchilar bor e’tiborini mazkur to‘qnashuvga qaratgan.
Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida qatnashgan “Loko” futbolchilar ham jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan va ular barcha bilan birga “Andijon”ga qarshi o‘yinga tayyorlanmoqda.
Faqatgina Javohir Alijonov jarohati sababli o‘yinni o‘tkazib yuborsa, darvozabon Abdumavlon Abdujalilov diskvalifikatsiyaga uchragan.

Fikrlar