Andres Inyesta: ”Ehtimol 15 yildan so‘ng "Barselona"ni boshqarishim mumkin”
"Barselona" sobiq futbolchisi Andres Inyesta bir kuni Kataloniya klubiga ustozlik qilishni xohlashini ma'lum qildi.
"Ha, bugungi kunda mening maqsadim murabbiy bo'lish. Hozirda men shu yo'lda harakat qilmoqdaman, bu men shug'ullanishni istagan soha va men bunga imkon qadar yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilyapman. Yoshimni hisobga olsak, ehtimol 15 yildan so'ng "Barselona"ni boshqarishim mumkin. Men uzoq muddatli rejalar tuzmayapman. Hozirgi paytda murabbiylik litsenziyasini olish ustida ishlamoqdaman", -deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltirdi "Sadena SER" nashri.
Ma'lumot uchun, Inyesta 2002 yildan 2018 yilgacha "ko'k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan. Shu davr mobaynida yarim himoyachi 674 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z nomiga 57 ta gol va 136 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Fikrlar