
Andrey Fyodorov: Yigitlar tezkor goldan keyin xarakter ko‘rsata olishdi
"Bu mavsumning o‘zida AGMK bilan ikkinchi marta to‘qnash kelishga ulgurdik. Raqibni taxlil qildik, o‘rgandik, barcha o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. To‘g‘ri kutilmaganda tezkor gol o‘tkazib yubordik. Ammo yaxshiki shogirdlarim shoshilmasdan o‘z o‘yinimizni davom ettirishdi va bu samara keltirdi. Yigitlar tezkor goldan xarakter ko‘rsata olishdi.
Tanaffusdan keyin tashabbusni biroz raqibga topshirdik. Ushbu hafta o‘rtasida Saudiya Arabistonida ham va bugun ham issiqda o‘ynadik. Shu bois biroz kuch saqlab qolishga harakat qilyapmiz. Oldinda o‘yinlar juda ko‘p. Kontsentratsiyani yo‘qotib qo‘ymaslik kerak", – deb Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Lokomotiv" rasmiy sayti.
Fikrlar