Angliya grandlari zo‘r to‘purarni chaqiryapti

  • 27.11.2021 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya grandlari – “Liverpul” va “Chelsi” Portugaliya chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan hujumkor futbolchi Luis Diasni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Aslida kolumbiyalik yarim himoyachini Joze Mourino ham o‘z jamoasiga olib kelmoqchi edi. Biroq, “Roma” bu futbolchi uchun kurashda Angliya klublariga bas kela olmaydi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum yuqori saviyada o‘tkazmoqda. U “Portu” tarkibida barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi.

Luis Dias gollarining aksariyatini chap qanotdan uyushtirilgan hujumlar  orqali kiritgani ham mutaxassislar e’tiboridan chetda qolmadi.

“Portu” o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchini 80 million evro atrofida baholayapti va yaxshi taklif bo‘lsa, yozda uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!