Angliya jamoasi darvozasi 54 yoshli fanat qo‘riqlaydi
Angliya chempionatining oltinchi ligasida ishtirok etayotgan “Dorking Uonderers” jamoasi g‘alati ahvolga tushib qoldi. Jamoaning har ikki darvozaboni jarohat oldi.
Buning oqibatida tarkibda birorta posbon qolmadi. Klubga ashaddiy muxlis Terri Dann yordamga keldi. 54 yoshli fanat darvozabonlar qaytguncha jamoa darvozasini qo‘riqlab beradigan bo‘ldi.
- Futbol o‘ynash xuddi velosiped minishga o‘xshaydi. Bir marta o‘ynadingmi, hech qachon esingdan chiqmaydi. Klubning eng ashaddiy muxlisi sifatida mendan boshqa hech kim jamoa darvozasini ishonchli tarzda qo‘riqlay olmaydi, - dedi Terri Dann.
Ta’kidlash joizki, Terri Dann yoshligida professional darajada futbol o‘ynagan va faoliyatini 1997 yilda yakunlagan edi.



Fikrlar