Angliya jamoasi Jahon chempionatida yana bir yo‘qotishga uchradi

  • 10.07.2026 15:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi Norvegiyaga qarshi chorak final oldidan jiddiy kadr muammosiga duch keldi. «Manchester Siti» markaziy himoyachisi Mark Gexi ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, futbolchida sonning orqa qismida mushak jarohati bor. U pley-offning oldingi bosqichida Meksikaga qarshi o‘yin (3:2) paytida shikast olgan. Hozircha uning holati bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Bundan avval «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays ham Norvegiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi shubha ostida ekani ma’lum qilingan edi. Unda nevrologik muammolar kuzatilmoqda.

Agar Gexi o‘yinda ishtirok eta olmasa, bosh murabbiy Tomas Tuxel markaziy himoyada Den Bernga ishonishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya — Angliya juftligida g‘olib chiqqan jamoa yarim finalda Argentina — Shveytsariya bahsida zafar quchgan terma jamoa bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!