Angliya klubi o'tgan yoz rekord summaga olingan yulduzni tezroq yo'qotmoqchi
Germaniyalik hujumchi Nik Voltemade yozgi transfer oynasida “Nyukasl Yunayted”ni tark etishi kutilmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, “qarg‘alar” asosiy e’tiborini kelasi yozda yangi hujumchi xarid qilishga qaratadi. Shu bilan bir qatorda mutasaddilari 23 yoshli Voltemadeni sotish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Bu futbolchi Angliya Premer-ligasiga o‘tgan yilning avgust oyida “Nyukasl” uchun rekord bo‘lgan summa – 75 million yevroga sotib olingan edi.
Voltemade ingliz futboliga moslasha olmadi. Muxlislar uning o‘yiniga keskin e’tiroz bildira boshladi. Chunki hujumchi 13 ta o‘yindan beri gol urolmayapti.
Nik Voltemade joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. Uning “Nyukasl” bilan shartnomasi 2031 yil o‘rtasigacha amal qiladi.
Fikrlar