Angliya klubi sardorini ispan grandlari talashyapti

  • 08.02.2026 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining ikki qudratli klubi – “Barselona” va “Atletiko Madrid” rahbariyati Angliya Premier-ligasida “Tottenxem” sharafini himoya qilayotgan Kristian Romeroga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Tottenxem”ga sardorlik qilayotgan argentinalik markaziy himoyachining o‘zi ham London shahrini tark etishga tayyor ekanini yashirmayotgani yo‘q.

Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli o‘yinchi faoliyatini muntazam ravishda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoada davom ettirishni istamoqda.

Romeroni sotib olish ancha murakkab masala. Qimmatbaho himoyachiga da’vogarlik qilayotgan klublar transfer uchun 70–80 million funt sterling sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 60 million evrodir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!