Angliya kubogi. "Manchester Siti" yirik hisobda "Liverpul"ni taslim etdi. Abduqodir Husanov to‘liq uchrashuv o‘tkazdi

  • 04.04.2026 18:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 
 
Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" o‘z uyida "Liverpul"ni qabul qilib, 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Dastlab, Virjil van Deykning qo‘polligi uchun bosh hakam Maykl Oliver “Manchester Siti” foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Erling Holand esa penaltiadan adashmadi va o‘yindagi hisobni ochdi. Norvegiyalik forvard ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda dublni rasmiylashtirdi. 
 
Ikkinchi bo‘lim avvalida "shaharliklar" hisobni yiriklashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Semenyo o‘z nomini tabloda yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Holand 57-daqiqada xet-trikni rasmiylashtirib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

  • Angliya - FA Kubogi
  • Chorak final
9.png

Manchester Siti

  • Erling Haaland 39'
  • Erling Haaland 45'
  • Antoine Semenyo 50'
  • Erling Haaland 57'
Tugadi
4 : 0

04.04.2026 16:45

8.png

Liverpul

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!