
Angliya kubogi. Penaltilar seriyasigacha davom etgan bahsda MYu g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi
Angliya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Brayton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bir qancha yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsada, o‘yinda hisob ochilmadi.
Penaltilar seriyasida MYu 6:5 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlardan March xatoga yo‘l qo‘ydi va g‘alaba golini Lindelef kiritdi.
Finalga yo‘l olgan "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar