Angliya ligalari Ramazon oyida o‘yinlar davomida qisqa tanaffusni joriy qiladi

  • 16.02.2026 22:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Premyer-liga va Angliyaning boshqa futbol ligalari Ramazon oyi munosabati bilan uchrashuvlar vaqtida qisqa tanaffuslarni qayta joriy etadi. Belgilangan tartibga ko‘ra, o‘yinlar bir necha daqiqaga to‘xtatiladi, shu orqali musulmon futbolchilar va hakamlar ro‘zalarini ochish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular suv ichish, engil taom tanovul qilish yoki maxsus energiya gellaridan foydalanishlari mumkin.

Ramazon shu hafta boshlab, bir oy davom etadi. Bu davrda musulmonlar an’anaga ko‘ra tong otishidan quyosh botguniga qadar eyish va ichishdan tiyiladi.

Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, jamoa sardorlari va hakamlar o‘yinni to‘xtatish uchun qulay pallani belgilab oladi. Tanaffus zarurati oldindan muhokama qilinadi va taxminiy vaqt kelishib olinadi. O‘yin jarayoni qizg‘in pallada emas, balki darvoza zarbasi, jarima to‘pi yoki to‘pni maydonga tashlash paytida to‘xtatiladi.

Musulmon futbolchilarga Premyer-liga uchrashuvlari vaqtida ro‘zani ochishga ruxsat berish bo‘yicha kelishuv 2021 yilda qabul qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!