Angliya superklubi Husanov bilan bir kunda tug‘ilgan o‘yinchi olmoqchi
“Barselona” hujumchisi Ferran Torres oʻz oʻyinlari bilan Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” eʼtiborini oʻziga tortdi.
Bu haqida Tactical Football Review nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, mersisaydliklar Muhammad Salohning joriy mavsum oxirida klubni tark etishini inobatga olib, Torresga qiziqish bildirа boshlandi.
Aytilishicha, bosh murabbiy Arne Slot ispaniyalik hujumchining mahoratini yuqori baholaydi va uni jamoasi oʻyin uslubiga mos, deb hisoblaydi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Torres 40 ta oʻyin oʻtkazdi va 16 ta gol urdi.
Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, Ferran Torres ning transfer bozoridagi qiymati 50 million yevroni tashkil qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Ferran Torres ham huddi “Manchester Siti”dagi oʻzbek legioneri Abduqodir Husanov kabi noyob sana – 29 fevralda tugʻilgan.
Fikrlar