Angliya terma jamoasi "Evro-2020"dan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi.

  • 29.04.2021 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lester" o‘zining hujumkor yarim himoyachisi Xarvi Barnsni uzoq muddatga yo‘qotdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi tizzasidan jarohat olgan va bir necha oyga safdan chiqqan. U allaqachon operatsiya qilingan.

Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblangan Barns endi “Evro-2020”da ishtirok etolmaydi.

Barns joriy mavsum “Lester” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!