Angliya terma jamoasi ustozi ham JCh-2022 qur’asi haqida gapirdi

  • 02.04.2022 13:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt JCh-2022 guruh bosqichi qur’a natijalariga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi mundialning “B” guruhida AQSh va Eronga qarshi bahs olib boradi. Bu guruhga shuningdek, Uels, Shotlandiya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi pley-off g‘olibi qo‘shiladi.

"AQSh va Eronga qarshi o‘yin o‘tkazganimizga uncha uzoq bo‘lmadi. Ammo guruhdagi uchinchi raqib noma’lum. Bu Britaniya derbisi bo‘lishi ham mumkin (Uels nazarda tutilmoqda). Biz guruhdan chiqishimiz kerak. Bu bizning birinchi vazifamiz, biz shunga harakat qilamiz.

Birinchi savatchadan joy olish sizga katta ustunlik beradi, chunki siz 6-7 ta kuchli terma jamoalarni chetlab o‘tasiz. Shu sababli birinchi savatchadagi terma jamoalarning aksariyati o‘z guruhlaridan mamnun.

AQSh ajoyib jamoa. Ularda juda yaxshi o‘yinchilar bor, biz ularning nimaga qodirligini bilamiz”, - deydi angliyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!