
Angliyada eng zo‘r futbolchi aniqlanadi
VVS kompaniyasi futbol muxlislariga Angliya premer-ligasi tarixidagi eng zo‘r afrikalik futbolchini aniqlashni taklif qildi.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan uch nafar nomzod haqida Angliya futbolining mashhur yulduzlari Gari Lineker, Alan Shirer va Mayk Richards maxsus ko‘rsatuvda hikoya qilib beradi.
Eng yaxshi afrikalik futbolchi nominatsiyasiga Emmanuel Adebayor (Togo, «Arsenal», «Manchester Siti», «Tottenxem», «Kristal Pelas»), Per-Emerik Obameyang (Gabon, «Arsenal»), Dide Drogba (Kot-d′Ivuar, «Chelsi»), Maykl Essen (Gana, «Chelsi»), Nvankvo Kanu (Nigeriya, «Arsenal», «Vest Bromvich», «Portsmut»), Riyad Mahrez (Jazoir, «Lester», «Manchester Siti»), Sadio Mane (Senegal, «Sautgempton», «Liverpul»), Jey-Jey Okocha (Nigeriya, «Bolton», «Xall»), Muhammad Saloh (Misr, «Chelsi», «Liverpul») va Yaya Ture (Kot-d′Ivuar, «Manchester Siti») nomzodlari kiritildi.
Fikrlar