
Anton faoliyatini Bundesliganing top klubida davom ettiradi
"Shututgart" sardori Valdemar Anton faoliyatini Bundesliganing boshqa bir klubi "Borussiya"da davom ettirishi aniq bo‘ldi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, himoyachining o‘zi bilan dortmundliklar kelishib olishdi. Uning 22 million evrolik tovon puli bor edi va bu faollashtiriladigan bo‘ldi. Shtutgartliklarga bu ma’lum qilindi va Evrodan keyin 27 yoshli nemis Dortmundga yo‘l oladi.
Anton 2020 yildan beri "Shtutgart" safida to‘p tepib keladi. U so‘nggi yillarda tarkibning eng muhim futbolchilaridan biriga aylanib oldi va sardorlik bog‘ichini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, yakuniga etgan mavsumda Valdemar jamoasi tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golda ishtirok etishga ulgurdi.
Fikrlar