Antonio Konte va Lautaro Martines o‘rtasida bahs yuz berdi

  • 26 oktabr, 12:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte va "Inter" hujumchisi Lautaro Martines A Seriyaning 8-turidagi o‘yin paytida tortishib qolishdi.

Tecno

Voqea uchrashuvning 61-daqiqasida "Napoli" va "Inter" futbolchilari orasidagi bahsdan so‘ng ro‘y berdi.

Avvalroq Kontening qo‘l ostida "Inter"da to‘p surgan Lautaro murabbiy tomon ishora qilib, haqoratomuz harakat ko‘rsatgani kuzatildi. Bu holatga Konte ham javob qaytarib, argentinalik hujumchiga nisbatan keskin so‘zlar aytdi va ishora bilan javob berdi.

Ma’lumot uchun, Konte va Lautaro o‘rtasidagi munosabatlar murabbiyning "Inter"dagi so‘nggi mavsumi — 2020/21 yildayoq buzilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!