
Anvar Berdiev: "Hakamlar haqida ko‘p gapirilyapti"
Pro liganing 8-turiga start berildi. G‘uzorda “Sho‘rtan” Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qildi va mezbonlar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvdan so‘ng “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Anvar Berdiev shunday dedi:
- Raqibning o‘yinini ko‘rib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Futbolchilarimizda ozgina o‘zlariga bo‘lgan ishonch etishmadi. Lekin o‘yinchilarimizga hech qanaqa e’tirozim yo‘q. “Lokomotiv” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bejizga 1-o‘rinda ketmayapti. Biz bu uchrashuvni tahlil qilib, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.
- Hakamlik ishini qanday baholaysiz?
- Hakamlar haqida ko‘p gapirilyapti. To‘g‘risi, ularni o‘zini tekshiradigan qo‘mitasi bor. Lekin birinchi vaziyatda Zoirovni yiqitishganida penalti bor edi, buni ishonch bilan ayta olaman.
Fikrlar