Anvar Boynazarov chempionlik kamari uchun jang qiladi

BEPUL PROPAN

Ajoyib jangchimiz Anvar Boynazarov 5 iyul kuni AQShning Florida shtati Orlando shahrida Glory 67 turnirida tailandlik aynan “Glory” tomonidan “Oyoqdagi eng kuchli zarba egasi” deya e’tirof etilgan, “Petch” nomi bilan mashhur Petchpanomrung Kiatmookaoga qarshi, “Gloryworldseries”kamari uchun jang olib boradi. Darvoqea, hamyurtimiz ham “Planita” tomonidan “Qo‘ldagi eng kuchli va eng yaxshi zarba soxibi”-deya e’tirof etilgan. Ma’lumki, har ikki promoushen jahon kikboksing olamidagi eng kuchli va baquvvatlari hisoblanadi. Xuddi, MMA dagi “UFC” hamda “Bellator”kabi.

Biz Anvar bilan bu jang borasida qisqacha suxbatda bo‘ldik.

- Anvar bu raqibingiz bilan avvallari uchrashganmisiz?

- Yo‘q. Uchrashmaganman. Lekin uning saloxiyati yuqori ekanligini bu sport olamidagilar yaxshi bilishadi.

- Hozirgina, AQShda faoliyat olib borayotgan MMA vakili Zarrux Adashev bilan suxbatda bo‘lgandik. Uning ta’kidlashicha mazkur janga qiziqish okean ortida ham juda yuqori ekan. Demak, jang Butunjahon yakkakurash olami e’tiborida bo‘ladi. Shunday ekan, siz bu janga tayyormisiz. Tayyorgarlikdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

Anvar1

- Albatta. Barchasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Tailandning Pxuket shahrida jiddiy hozirlik ko‘rdik. Darhaqiqat, butun kikboksing olamidagi eng katta janglardan biri bo‘ladi. Shuning uchun ham AQShda bu jangni kutishayotganligi bejizga emas.

- Aytingchi, bo‘lajak raqibingiz “Petch”ning jang olib borish uslubi  yana bir mashhur sizning ashaddiy  raqibingiz Manasnikiga o‘xshash jihatlari bormi. Odatda, tailandliklarning barchasi muaytay tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

- To‘g‘ri aytdingiz. Ularning ko‘p tomonlari bir-biriga o‘xshab ketadi. Shuning uchun ham menda g‘alabamga bo‘lgan ishonch yuqori.

- Demak, sparring raqib tanlashda oyoq bilan yaxshi ishlay oladiganlarga murojaat qilibsizda, chunki qo‘lda ishlash texnikangiz benazir hisoblanadi?

- Albatta, raqibning kuchli jihatini o‘rganib, unga xos sparring raqib tanlanadi. Sparring raqiblarni turli xil mamlakatlardan taklif etdik. Lekin bu degani faqat oyoq emas. Umuman g‘alaba uchun kerak bo‘lgan barcha omillarga e’tibor qaratganman.

- Mayli, vaqtingiz tig‘iz ekanligi uchun shu savollar biloan cheklanaman. Lekin jangdan so‘ng, nasib qilsa g‘alabadan so‘ng, batafsil intervyu berishga so‘z berasiz. Omad yor bo‘lsin!

- Albatta. Nasib qilsa, g‘alaba qozonib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytaman. Xalqimizning duosi, qo‘llab-quvvatlashi evaziga yurtimiz sha’nini munosib himoya qilaman va shubhasiz intervyuni birinchi bo‘lib sizga beraman!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!