Anvar Boynazarov chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Muay tay bo‘yicha ikki kara jahon chempioni Anvar Boynazarov (2-2-0, KO1) 1 dekabr kuni Nyu-York shahrida “GLORY 48” turnirida o‘zining chempionlik janggini o‘tkazadi.

Sportchimiz so‘nggi marta oktyabr oyi so‘nggida Frantsiyaning Lion shahrida o‘tkazilgan “GLORY 47” turnirida ringga ko‘tarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jangda unga amerikalik Kevin van Nostrand (4-1-0, KO2) raqiblik qiladi. Bu sportchi hozirgacha beshta jang o‘tkazib, ulardan bittasi mag‘lubiyatga uchragan va ikkitasini nokaut bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!