
Anvar Boynazarov chempionlik kamarini qo‘lga kirita olmadi
Hamyurtimiz, Anvar Boynazarov bugun, tongda AQShning Florida shtati Orlando shahrida “Gloryworldseries” chempionlik kamari uchun tailandlik Petchpanomrung Kiatmookaoga ya’ni "Petch"ga qarshi ringa ko‘tarildi.
Afsuski, ushbu qarama-qarshilikda yurtdoshimizga biroz omad etishmadi. Besh raunddan iborat bo‘lgan jang murosasiz o‘tdi. Chunki "Glory" tarixidagi o‘z vazn toifasidagi ikki etakchi bir-biriga ro‘baro‘ kelgandi. Anvar ushbu promoushenning qo‘l bilan eng yaxshi harakat qiluvchi vakili bo‘lsa, uning raqibi “Petch” esa oyoqda eng yaxshi harakat qiluvchi jangchisi sifatida e’tirof etiladi va aynan har ikkisi shunday nomintsiyalarni qo‘lga kirita olishgan. “Petch” hamyurtimizni jiddiy o‘rganib chiqqanligi jang boshlashidanoq ma’lum bo‘ldi. Sababi, oraliq masofani saqlagan xolda, oyoq bilan zarba berib, Anvarning kuchli quroli yaqin masofada qo‘l bilan ishlashga imkoniyat bermadi ya’ni hamyurtimiz yaqin masofaga o‘tganda "klinch" bilan bu xamlani yo‘qqa chiqaraverdi. Shunday bo‘lsada, yurtdoshimiz besh raundning ikkisida o‘z ustunligini namoyish eta oldi. Lekin qolgan uch raundlarda tailandlik sportchi faolroq bo‘ldi va aynan shu faollik evaziga g‘alaba qozondi.
Fikrlar