APL. "Brayton" "Manchester Siti" ustidan kambek qildi (Videosharh)
Angliyaning Premer-Ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Brayton" - "Manchester Siti" bahsida mezbonlar kambek amalga oshirib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi - 1:2.
Dastlab, 33-daqiqada Xoland "shaharliklar" hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasiga kelib esa, Nunes tufayli yuzaga kelgan penaltini Milner golga aylantirdi. "Brayton"ning g‘alaba goli esa 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Gruda tomonidan kiritildi.
Bahsni asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz Abduqodir Husanov 85-daqiqada zaxiraga olindi.



Fikrlar