APL. Bugun naqd 8 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi
Xabaringiz bor, bugundan boshlab Angliya Premer-ligasining 17-turi ham start oladi.
Turni "Nyukasl" - "Chelsi" jamoalari ishtirokidagi to‘qnashuv ochib beradi. Bu bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:30’da start oladi. 20:00’da esa naqd 4 ta uchrashuv start olishi rejalashtirilgan. Bular:
"Bornmut" - "Byornli"
"Brayton" - "Sanderlend"
"Manchester Siti" - "Vest Xem"
"Vulverxempton" - "Brentford"
Turning markaziy bahsi ham bugun bo‘lib o‘tadi. Unda Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" safarda Londonning "TottenxEm" klubi bilan kuch sinashadi. Ushbu o‘yin 22:30’da start oladi.
Yarim tunda esa "Arsenal" hamda "Kristal Pelas" ham bu turdagi o‘z bahslarini o‘tkazishadi. "Kanonirlar" Mersisaydning "Everton" jamoasi mehmoni bo‘lsa, "Kristal Pelas" "Lids" bilan to‘qnash keladi. Ikki bellashuv ham 01:00’da boshlanadi.
Fikrlar