APL. "Chelsi" o‘z maydonida "Manchester Siti"ga mag‘lub bo‘ldi
Biroz oldin APL 6-turidan o‘rin olgan "Chelsi" hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi.
Unda mehmonlar Gabi Jezusning 53-daqiqada urgan goli evaziga g‘alabaga erishdi. Shundan so‘ng ko‘plab keskin hujumlarga qaramasdan uchrashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, "ko‘klar" 3-o‘ringa tushib ketdi. "Shaharliklar" esa aksincha, ochkolari sonini 13 taga etkazib, raqibiga etib oldi va ikkinchi o‘rindan joy olmoqda.

Fikrlar