
APL. "Chelsi" raqibini tor-mor keltirdi
APL 28-turidan o‘rin olgan "Byornli" - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
"Aristokratlar"ning gollariga Jeyms, Xaverts (dubl) va Pulishich mualliflik qildi. Mezbonlar bu gollarga javob bera olmadi.
Ushbu natijadan so‘ng "Chelsi" APL turnir jadvalida 3-o‘rinda ketmoqda. Klub hisobida 53 ochko mavjud.
"Byornli" jamoasi 21 ochko jamg‘argan holda, jadvalning 18-pog‘onasini band etgan.
Fikrlar