
APL. "Chelsi" safarda "Brentford" bilan durang o‘ynadi
Angliya Premer ligasi 27-turidan o‘rin olgan "Brentford" - "Chelsi" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.
35-daqiqada londonliklar futbolchisi Jekson gol urgan bo‘lsa, 50-daqiqada Roerslev muvozanatni tikladi. Vissa 69-daqiqada "Brentford"ni oldingi olib chiqdi. O‘yin so‘ngida Disasi o‘yindagi so‘nggi golni urdi va "aristokratlar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Chelsi" 36 ochko bilan 11-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar