APL grandi tez orada Koutino bilan muzokaralarga kirishadi

  • 27.12.2021 12:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi hamon "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoga nisbatan qiziqishini so‘ndirmayapti.

Todo Fichajes nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "kanonirlar" tez orada 29 yoshli braziliyalik futbolchi bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Ular Koutinoni kamroq maoshga va APLga qaytishga ko‘ndirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum “Barselona” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!