APL grandi Vinisius uchun 100 million evro to‘lamoqchi
Ayrim nashrlar hali ham Vinisius Juniorning jamoasini almashtirishi mumkinligini yozmoqda. Bunga asosiy sabab – braziliyalik futbolchi hanuz "Real" bilan yangi shartnomani imzolamagani, mavjud kelishuv esa 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
"Fichajes" portali ma’lumotiga ko‘ra, Vinisiusni "Liverpul" olishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Angliya Premer-ligasi giganti uni sotib olish uchun 100 million evro taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda. Vinisius mersisaydliklarning hujum chizig‘ini qayta tashkil qilish rejalarida muhim rol o‘ynashi mumkin.
25 yoshli futbolchi 2025/2026 mavsumida 16 o‘yinda besh ta gol kiritdi va to‘rt ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar