APL grandlari turkiyalik futbolchi uchun kurash boshladi

  • 3 iyun, 2021, 12:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlangan mavsum Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan "Lill" klubining o‘ng qanot himoyachisi Zeki Chelik shu yoz Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Evening Standard nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli turkiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Arsenal"dan jiddiy qiziqishlar bor.

Chelikning ayni damdagi transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Zeki Chelik “Lill” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3  ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!