APL. Jangovar kechgan o‘yinda "Manchester Yunayted" "Arsenal"dan ustun keldi
Angliya Premier-ligasining markaziy uchrashuvida "Arsenal" Manchester Yunayted" ga oʻz uyida magʻlub boʻldi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Lisandro oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. 37-daqiqada MYu forvardu Mbeumo gol urib hisobni tenglashtirgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimning 5-daqiqasida Patrik Dorgu gol urib mankuniyanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 84-daqiqada "Arsenal" xavbegi Mikel Merino muvozanatni tiklagan boʻlsa,87-daqiqada zahiradan oʻyinga qoʻshilgan Mateus Kunya MYuga gʻalaba keltirgan golga mualliflik qildi. oʻyin yakuniga qadar hisob boshqa oʻzgarmadi va "qizil iblislar" oʻz hisobiga 3 ochko yozdirib qoʻydi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Arsenal
- Lisandro Martínez 29'
- Mikel Merino 84'
Tugadi
2
:
3
25.01.2026 21:30
Manchester Yunayted
- Bryan Mbeumo 37'
- Patrick Dorgu 50'
- Matheus Cunha 87'
Fikrlar