APL klubi murabbiyni iste’foga chiqardi

  • 07.11.2022 01:08
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, "Sautgempton" bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttlni iste’foga chiqarishga qaror qildi.

Dastlab "Sautgempton" rahbariyati Xazenxyuttlning kelajagi haqidagi qarorni Qatardagi jahon chempionati tufayli yuzaga kelgan tanaffusga qoldirmoqchi edi.

Biroq, yakshanba kuni "avliyolar" o‘z uyida "Nyukasl"ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va klub rahbariyati endi kuta olmasligini tushunishdi.

Kelasi yakshanba kuni "Liverpul"ga qarshi bahsda "Sautgempton" yangi murabbiy bilan o‘ynashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!