
APL klublari belgiyalik futbolchi uchun raqobat boshladi
"Tottenxem" va "Nyukasl" klublari "Bryugge" hujumchisi Sharl de Ketelarega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz klublari yozgi transfer oynasida belgiyalik futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. "Bryugge" klubi rahbariyati hujumchini 25 million evroga sotishga tayyor.
21 yoshli De Ketelare joriy mavsum "Bryugge" safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar